LYOVI (Loewi) Otto (1873.3.6, Frankfurt-na-Mayne — 1961.25.12, Nyu-York) — avstraliyalik fiziolog va farmakolog. Gratse u-nti (1909—38), Nyu-York unti tibbiyot kolleji (1940-y. dan) prof. Nerv impulsining sinapslar orqali oʻtishi kimyoviy tabiatini va bunda atsetilxoliting rolini tadqiq qilgan. Yurak faoliyati nerv oxirlaridan ajraladigan fiziologik faol moddalar — mediatorlar orqali boshqarilishini koʻrsatib bergan. Nobel mukofoti laureati (1936, G. Deyl bilan hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые