LYAODUN YARIM OROLI — Xitoy ning shim.-sharqida, Sariq dengizning Lyaodun va Gʻarbiy Koreya qoʻltiqlari oraligʻida. Uz. 225 km, kengligi 80—130 km. Qirgʻoqlari tekis. Relyefi sertepa tekislik va eng baland joyi 1132 m (Buyunыpan togʻi) boʻlgan past togʻlardan iborat. Lyaodun yarim oroli, asosan, ohaktosh, slanes va kvars qumlaridan tashkil topgan. Butalar usadi, oʻrmonlar uchraydi. Tekislik va yotiq yon bagʻirlarda dehqonchilik qilina-di (makkajoʻxori, gaolyan ekiladi). Yirik portlari: Dalyan, Lyuyshun.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые