LUQMONI HAKIM — sharq mumtoz adabiyoti va xalq ogʻzaki poetik ijodidagi donishmand tabib obrazi. Koʻpgina hikoya, afsona va ertaklar qahramoni. Navoiy («Tarixi hukamo va anbiyo»), Xondamir («Ravzat us-safo») va b. da Luqmoni Hakim tarixiy shaxs-paygʻambar sifatida gavdalangan. Sharq mumtoz adabiyotida u qora tanli qul boʻlib, oʻz paygʻambarona karomatlari tufayli ozod boʻlgan. Oʻzbek folklorida Luqmoni Hakim obrazi donolik timsoliga aylangan («Luqmoni hakim», «Luqmoni hakim va shoh» va b.).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые