«LUNA» — Oyni tadqiq qilish boʻyicha sobiq Ittifoq dasturi nomi, shuningdek, 1959-y. dan boshlab sobiq Ittifoqdan Oyga uchirilgan sayyoralararo avtomatik stansiyalarning nomi. I. t. ishlarini bajarish uchun «Luna»ga Yerdan turib boshqariladigan telemetrik, fototelevizion, radiotexnik apparatlar oʻrnatilgan. Uchirilgan «Luna»larning soni 20 dan ortiq boʻlib, bajaradigan vazifalari turlicha belgilangan. Maye, «L.-1» (1959-y. 2.1.) Oy yaqinidan oʻtib, Quyoshning birinchi sunʼiy yoʻldoshi boʻlib qoldi. «L.-2» (1959-y. 14.9.) Oy sirtiga ilk bor tu-shirildi; «L.-Z» (1959-y. 7.10.) Oy atrofidan uchib oʻtib, uning Yerdan koʻrinmaydigan qismini tarixda birinchi marta fotosuratga tushirdi, 1963—65 y. larda uchirilgan «L.-4», «L.-8» avtomatik st-yalar oldiga Oyni yaxshiroq oʻrganish va uning sirtiga ohista qoʻnish masalalarini yechish qoʻyilgan edi. «L.-9» (1966-y. 3.2.) jahonda birinchi marta Oy sirtiga ohista qoʻndirildi va u Oy sirtidagi manzarani Yerga yetkazdi; «L.-13» ham (1966-y. 21.12.) ana shunday vazifani bajar-di; «L.-10», «L.-11», «L.-12», «Luna14» va «L.-15» (1966-1969-y.) Oyning sunʼiy yoʻldoshi orbitasiga chiqarildi; «L.-16» (1970-y.); «L.-20» (1972-y.) va «L.-24» (1976-y.) Oyga qoʻndirildi va Yerga Oy tuprogʻi keltirildi. «L.-17» (1970-y.) yordamida «Lunoxod-1» Oyga qoʻndirildi; «L.-18» va «L.-19» (1971-y.) yordamida Oy orbitasining evolyutsiyasi oʻrganildi «L.-20» Oyning oltinchi sunʼiy yoʻldoshi boʻlib qoldi; «L.-21» (1973-y.) yordamida «Lunoxod-2» Oyga qoʻndirildi. Bunday avtomatik stansiyalar yordamida olib borilgan tadqiqotlar natijasida Oy atmosferasining nihoyatda siyrakligi va uning tarkibi oʻrganildi. Oy sirti va ichining tuzilishi, gravitatsion hamda magnitizm maydonlari, seysmik ahvol va b. qator tabiiy shart-sharoitlar chuqur tekshirildi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые