LUMBITEPA

LUMBITEPAAndijon viloyatining Marhamat tumani hududida, qad. Mingtepa sh. xarobasi (Marhamat)dan 6 km gʻarbda joylashgan. Lumbitepa toʻgʻri burchak (65×90 m) shaklda. Jan.-gʻarbiy burchagida toʻgʻri burchak (18×20 m) tarhli, bal. 3 m boʻlgan tepalik — qalʼa xarobasi joylashgan. 1988—89 y. larda stratigrafik shurf qazilgan va tepalikning ustki qatlami ochib tekshirilgan. Lumbitepa — koʻpqatlamli manzilgoh boʻlib, quyi qatlamdagi hayot mil. 3 — 4-a. larga, ustki qatlamdagi hayot esa, 7—8-a. larga toʻgʻri keladi. Qazishmalar natijasida yangi tipdagi mustahkamlangan manzilgoh aniqlangan. U kalinligi 3 m dan ortiq tashqi devor bilan oʻralgan, ichki qismida zich qurilgan inshootlar, mol qoʻrasi joylashgan katta hovlisi boʻlgan. Manzilgoh devor bilan 4 qismga ajratilgan. Kattaligi bir xil boʻlgan xonalardan oʻchoqlar chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x