LUISVILL — AQSHning sharqiy qismidagi shahar. Kentukki shtatida. Ahapisi 256,2 ming kishi (2000). Yirik savdo va sanoat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Ogayo daryosi boʻyidagi port, t. y. stansiyasi. Mashinasozlik (elektrotexnika, q. x. mashinasozligi, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish), poligrafiya, kimyo sanoatlari, tamaki, vinochilik rivojlangan. Mebel, harbiy, metallsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, un-t bor. Tamaki va zotli otlar savdosining yirik markazi. Shaxarga 1778-y. da asos solingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые