LUB

LUB, floema — oʻsimliklarning poya va ildizlarida kambiy bilan peritsikl orasida joylashgan (oʻtkazuvchi, yaʼni toʻrsimon naycha va lub parenxima tolalaridan iborat) toʻqimalar kompleksi. Lubning asosiy funksiyasi — hosil qilingan organik moddalarni tana boʻylab tarqatish. Lub, koʻpincha, zaxira oziq moddalarning toʻplanish joyi boʻlib ham xizmat qiladi. Lubning asosiy anatomik elementa — toʻrsimon naychalarda moddalar harakatlanadi.

Bunday naychalar hujayralari tirik boʻlib, ularda moddalar almashinuvi roʻy beradi. Hujay-ralar orasidagi toʻsiqlarda hujayralarni bir-biri b-n bogʻlab turadigan elaksimon plastinkalar mavjud. Lubning parenxima hujayralarida zaxira va chiqindi moddalar (kraxmal, oqsil, oshlovchi moddalar, kauchuk, alkaloidlar, efir moylari va b., shuningdek, mineral tuzlar) qatlami hosil boʻladi. Lub tolalari qalin pusti choʻziq hujayralardan iborat boʻlib, mexanik funksiyani bajaradi. Ular odatda, lub tolalari deb ataladi. Birlamchi vaikkilamchi Lub ajratiladi. Birlamchi Lub, odatda, toʻrsimon va lub parenximasidan iborat boʻlib, boshlangʻich tuzuvchi toʻqima — prokambiydan vujudga keladi. Birlamchi Lub, asosan, qirqquloklar, plaunlar, qirq-boʻgʻimlar, yopiq urugʻlilardan birpallalilarda boʻladi. Ikkilamchi Lub koʻproq ochiq urugʻli va ikki urugʻpallali oʻsimliklarda, birlamchi Lubga qoʻshimcha holda vujudga keladi. Koʻp daraxtlarda Lubning eski qismlari yosh qismlaridan ajralib qolib, asta-sekin daraxt poʻstlogʻiga aylanadi va vaqt oʻtishi bilan nobud boʻladi.

Baʼzi oʻsimliklarda Lub toʻqimasi juda rivojlangan boʻlib, qoʻshni tuqimalardan osongina ajraladi. Undan pishiq tola olsa boʻladi. Kanop, jut, zigʻir, nasha va b. tolali oʻsimliklarning poʻstloq qismida uzun L. tolalari joylashgan. Tolalarni ajratib olish uchun oʻsimliklarning poʻstlogʻi (mas, kanop oʻsimligi poʻstlogʻi) poyadan mashinalar yordamida shilib olinib quritiladi va Lub z-dlariga topshiriladi. U yerda maxsus texnologiya boʻyicha ishlanib, tolalar ajratib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x