LOʻDIYLAR

LOʻDIYLAR — Hindistondagi Dehli sultonligi (1206—1526)da hukmronlik qilgan sulola (1451 —1526). L. Hindistondagi afgʻon qabilalaridan. Asoschisi — Bahlul Loʻdiy. U qariyb 40 yil Dexli sultonligini boshqargan. Baxlul Loʻdiy davrida Janpur (1479), Gvalior, Kalpna va Dholpur sultonliklari Dehli sultonligiga qoʻshib olingan. L . ning oxirgi hukmdori Ibrohim Loʻdiy davrida (1517—26) mamlakat siyosiy va iqtisodiy inqirozga yuz tutgan, afgʻon mulkdor zodagonlarining isyonlari kuchaygan. 1526-y. Panipatda (Dehli yaqinida) Bobur qoʻshini bilan boʻlgan urushda Ibrohim Loʻdiy oʻldirilgach, Loʻdiylar sulolasi tugagan. Loʻdiylar hukmdorlari: Bahlul Loʻdiy, Iskandar Loʻdiy, Ibrohim Loʻdiy.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x