LORISIMONLAR

LORISIMONLAR (Lorisidae) – sush emizuvchilar sinfining chala maymunlar oilasi. 4 urugʻi maʼlum. Jumladan, xipcha lori (1 tur) va yoʻgʻon lori (2 tur) Jan.-Sharqiy Osiyoda, boshqa 2 urugʻi Afrikada tarqalgan. Xipcha lori gavdasining uz. 20—25 sm, juni sargʻishkulrang, dumi boʻlmaydi. Yoʻgʻon lori gavdasining uz. 18—40 sm, juni malla yoki kumusheimon yaltiroq, dumi juda kalta. Lorisimonlar — tungi hayvonlar, baʼzan yalqovlarga oʻxshab daraxtlarga osilib oladi. Bitta bola tugʻadi. Meva, qushlar tuxumi va hasharotlar bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x