Sokin kechada yulduzlar guvohdek,
Esar shamol ham meni tinglagandek,
Go’yo sirlarim senga yetkazgandek,
Sevgilim senga.
Esingdami nogahon uchrashganimiz,
Bir-birimizga uzoq tikilganimiz?
Go’yoki bundan oldin uchrashganmiz,
Hammasi tushday.
Yolg’izim, senga,
Sehrli muhabbatim senga,
Sevgim to’la yuragim senga,
Ayt, bo’lasanmi doim yonimda?
Yuragim senga,
Baxshida bu hayotim senga,
Dunyoda topgan baxtim senga,
Ayt, bo’lasanmi doim yonimda?
Jonim, senga butun hayotimni beray,
Sening sevging to’la yuragimni beray,
Orzu-baxtga to’ldirib, vujudimni bersam ham,
Yetmas senga, yolg’izim.
Endi sevgingsiz yasholmasman, jonim,
Vaslingni ko’rmay turolmasman, jonim,
Sensiz dunyoga ko’nolmasman, yorim,
Yolg’izim mening.
Yolg’izim, senga,
Sehrli muhabbatim senga,
Sevgim to’la yuragim senga,
Ayt, bo’lasanmi doim yonimda?
Yuragim senga,
Baxshida bu hayotim senga,
Dunyoda topgan baxtim senga,
Ayt, bo’lasanmi doim yonimda?
Yolg’izim, sen-la samoda ucharman,
Yonimda bo’lsang, baxtimga yetarman.
Yolg’izim, senga,
Sehrli muhabbatim senga,
Sevgim to’la yuragim senga,
Ayt, bo’lasanmi doim yonimda?
Yuragim senga,
Baxshida bu hayotim senga,
Dunyoda topgan baxtim senga,
Ayt, bo’lasanmi doim yonimda?