LOGITSIZM — Kantning matematik haqiqatlarning sintetik xarakteri toʻgʻrisidagi tezisini mat. asosida inkor etuvchi yoʻnalish. 19-a. oxiri — 20-a. boshida paydo boʻlgan. Logitsizm mat. ga sof taxliliy fan sifatida qaraydi, uning barcha tushunchalarini deduktiv mantiq doirasida biron-bir nomantiqiy qoidalardan foydalanmay belgilash mumkin, deb biladi. Asosiy vakillari — G. Frege, B. Rassel, A. Uaytxed. «Mat. ni mantiqdan iborat qilib qoʻyish» haqidagi tezis oʻzini oqlamadi, shu bilan birga Logitsizm matematik mantiqning rivojlanishiga yordam berdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые