LOGARIFMIK LINEYKA, hisoblash lineykasi — sonlarni koʻpaytirish, boʻlish, darajaga koʻtarish, ildizdan chiqarish va b. operatsiyalarni shu sonlarning logarifmlari ustida operatsiyalar bajarish bilan almashtiradigan qurol. Oddiy Logarifmik lineyka korpus, surma, vizir chizigʻi boʻlgan yugurdak (shisha yoki pleksiglas)dan iborat. 1623-y. da ingliz matematigi E. Ganter kesmalar sirkul yordamida qoʻshiladigan Logarifmik lineykaning oʻtmishdoshini ixtiro qilgan. 1630-y. da ingliz matematigi U. Otred sirkulni ikkinchi chizgʻich (surma) bilan almashtirdi. 1850-y. da Logarifmik lineykaga yugurdak qoʻyildi. Logarifmik lineyka yordamida sonni 3—4 belgigacha aniqlikda hisoblash mumkin. U muhandislik hisoblarida, oʻquv yurtlarida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые