LOGARIFM JADVALLARI — hisoblashlarni osonlashtirish uchun qoʻllaniladigan sonlar logarifmlarining jadvallari; eng koʻp tarqalgani oʻnli kasrlar logarifmlarni hisoblash jadvallari. Mantissalaridagi xonalar soni har xil oʻnli Logarifm jadvallari mavjud boʻlib, odatda, 4 xonali (mas, V. M. Bradisning «Toʻrt xonali matematik jadvallar»i), 5 xonali (mas, Ye. M. Prjevalskiyning «Besh xonali Logarifm jadvallari») jadvallar koʻproq ishlatiladi. Odatda, Logarifm jadvallari trigonometrik va b. miqdorlarning logarifmlarini ham oʻz ichiga oladi (mas, J. Neperning Logarifm jadvallari).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые