LOFOTEN OROLLARI

LOFOTEN OROLLARINorvegiya dengizidagi arxipelag, Skandinaviya ya. o. ning shim.-gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinida, undan Vestfyord boʻgʻozi orqali ajralgan. Norvegiya hududi. 4 katta va koʻplab mayda orollardan iborat. Mayd. 1,2 ming km2. Qirgʻoqlari tik, fyordlar bilan parchalangan. Relyefi togʻli, eng baland joyi 1161 m. Granit, gneys, siyenit va kristall slaneslardan tuzilgan. Iqlimi sernam, dengiz iqlimi. Yiliga 1600 mm dan ortiq yogʻin yogʻadi. Togʻ tundrasi oʻsimliklari oʻsadi. Aholi sohil boʻylab joylashgan. Baliq (seld, treska) ovlanadi. Qoʻychilik rivojlangan. Eng katta aholi punkti — Svolver.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x