LIZOGENIYA

LIZOGENIYA (liz… va yun. geneia — kelib chiqish, yaratish) — hujayra ichida nopatogen (kasallik paydo qilmaydigan) profag shaklda mavjud boʻladigan bakteriofag bilan bakteriyalar oʻrtasidagi simbiotik munosabatlar. Lizogeniya nazariyasining asosiy qoidalari 1950-y. da A. Lvov tomonidan ishlab chiqilgan. Profag saqlovchi hujayralar lizogen hujayralar, ular Yopulyatsiyasining fag zarrachalari hosil qilish xususiyati esa lizogenlik deyiladi. Lizogenlik bakteriya shtammlarining doimiy xususiyati boʻlganidek lizogen hujayralarning faqat ayrim populyatsiyalari profagni yoʻqotadi. Profag tufayli lizogen hujayralar bir qancha yangi belgilar, mas, bakteriofag b-n qayta zararlanmaslik xususiyatiga ega boʻlib qoladi. Immunlik lizogen profag DNKsi nazoratida sintezlanadigan, faglarning vegetativ koʻpayishini boshqarib turadigan faglar genlari ekspressiyasiga toʻsqinlik qiladigan respressor oqsilning hujayrada mavjudligi bilan bogʻliq. Bakteriyalarning faqat lizo-genizatsiyalash jarayonida kuzatiladigan oʻzgaruvchanlik tipi lizogen konversiya deb ataladi. Lizogeniya bakteriyalardagi oʻzgaruvchanlik va irsiyatning koʻpchilik masalalarini oʻrganish uchun qulay model hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x