DO`STLARGA ULASHING:
Lizinopril tabletka
#Лизиноприл таблетка
💊 Dori shakli : tabletka
💊Tarkibi : 👇
lizinopril digidrati
💊Ta’siriga ko’ra 👇
Qon bosimi oshganda tushuruvchi vosita sifatida qo’llanadi. APF ingibitori.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Qon bosimi oshganda qabul qilinadi ( shifokor maslahati bilan).
— Surunkali yurak yetishmovchiligida qo’llanadi.
— Yurak chap qorincha funksiyasining pasayishida va yurak yetishmovchiligi kasalligida.
— O’tkir miokard infarkti davolash maqsadida ( shifokor maslahati bilan).
— Diabetik neyropatiyada qo’llaniladi va qandli diabet kasalligi bor bemorlardagi qon bosim oshganda qo’llaniladi.
💊QO’LLASH USULI 👇
Ovqatlanish vaqtidan qat’iy nazar kuniga 1 tabletka ( 5 mg dozalik ) qabul qilinadi.
Boshqa dozalarni qabul qilishmi kasallik holatiga qarab shifokor belgilaydi.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Bosh aylanishi va bosh og’rigi
— Xolsizlik holati
— Ko’ngil aynish, qusish
— Diareya holati va ko’krak qismda og’riq
— Qon bosimi tushib ketishi kuzatiladi ( doza oshirilib yuborilsa ).
— Teri toshmalari
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganida.
— Angionevrotik shish va kvinke shishida mumkin emas.
— Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— 18 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
— Buyrak va jigar og’ir kasalliklarida mumkin emas.
——————————————————-
🔰LIZINOPRIL ANALOGI QAYSI ? 👇
💉Qo’llash — albatta retsept bilan.
💉Ishlab chiqarish — Rossiya.
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali