LITOGRAFIYA (lito… va…grafin) — bosma qolip tayyorlash uchun ohaktosh (litografik tosh), rux yoki alyuminiy varaqasidan foidalaniladigan tekis bosma usuli; shu usulda rassomlar tomonidan yaratiladigan grafika asarlari ham Litografiya deb ataladi. Bunda yozuv yoki tasvir tosh sirtiga relyefsiz, Litografiya tushi yoki kalami bilan tushiriladi. Tasvirning oraliq (probel) elementlariga azot k-ta (toshda) yoki fosfor k-ta (metallda) eritmasi hamda kolloid bilan ishlov beriladi, natijada bular boʻyoq olmaydi. Boʻyoq b-n qoplangan tasvir bevosita qogʻozga koʻchiriladi. Litografiyani 1798-y. da germaniyalik A. Zenefelder kashf qilgan. Shundan soʻng 1806-y. da Myunxenda, 1816-y. da Parijda, 1822-y. da Londonda dastlabki Litografiya ustaxonalari tashkil qilingan. 20-a. ning 30-y. laridan boshlab Litografiya oʻrnini ofset bosma egallay boshladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые