LISTING (ing. list — roʻyxat) — 1) kompaniyalar aksiyalarini birjada sotiladigan aksiyalar roʻyxatiga kiritish. Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar birjada ekspert tekshiruvlaridan oʻtgan boʻlsa, ularni savdoga qoʻyish mumkin. Birjaga qoʻyilmaydigan aksiyalar «chayqov» bozorida «peshtaxta ostidan» sotiladi (q. Delisting);
2) qimmatli qogʻozlarni fond birjasida savdoga qoʻyish qoidalari.