LISSABON ZILZILASI

LISSABON ZILZILASI — Portugaliyada sodir boʻlgan zilzila. 1755-y. 1 noyab. soat 940 da roʻy bergan. Portugaliya tarixidagi eng kuchli zilzila boʻlib, juda katta talafot keltirgan. Zilzila oqibatida taxm. 60 ming kishi oʻlgan, 17 ming uy, 32 monastir, 53 saroy buzilgan. Kuchli yongʻinlar chiqqan. Oʻsha davrda yer tebranishini yozib oluvchi seysmograflar boʻlmagan. Lekin, mashhur seysmologlar Gutenberg va Rixterlarning fikricha, zilzila magnitudasi 8,75—9 ga yetgan. Baʼzi seysmologlarning taʼkidlashicha, zilzila magnitudasi 8,6 dan oshmagan. Zilzila 2,5 mln. km2-maydonda Lissabon sh. dan 2200 km masofagacha sezilgan. Tebranish Portugaliya va Ispaniyadan tashqari Afrika shim. da, Yevropa qitʼasida esa Skandinaviya mamlakatlariga qadar yetib borgan. Suv havzalarida sunami va seyshlar (zilzila natijasida dengiz va koʻllarda yuz bergan suvning rezonans chayqalish hodisasi) kuzatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x