LISITSIAN Pavel Gerasimovich [1911.24.10 (6.11), Vladikavkaz] — arman xonandasi (bariton). 20-a. opera ijrochiligining yetakchi namoyandalaridan. Yerevan konservatoriyasini tugatgan (1960). Leningrad opera teatri (1935—37), Armaniston opera va balet teatri (1937— 40), Katta teatr (1940—66)da yakkaxon xonanda, Yerevan konservatoriyasida prof. (1967—73). Keng diapazonli, kuchli, jarangdor va tiniq ovoz sohibi. Ijro uslubi mu-kammal musiqiy talqin, yuksak badiiy did bilan ajralib turadi. Opera sahnasida Almast (A. Spendiarov, «Almast»), Arshak II (P. Chuxajanyan, «Arshak II»), Yeleskiy, Onegin, Mazepa, Robert (P. Chaykovskiy, «Qargʻa motka-si», «Yevgeniy Onegin», «Mazepa», «Iolanta»), Jermon, Amonasro, Ford (J. Verdi, «Traviata», «Aida», «Falstaf»), Napoleon (S. Prokofyev, «Urush va tinchlik») kabi asosiy partiyalarni ijro etgan. Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlarida, xususan, Oʻzbekistonda ham gastrolda boʻlgan. Lisitsianning farzandlari — Karina (1938, messo-soprano), Ruzanna (1945, soprano, Niderlandiyadagi xalqaro xonandalar tanlovi laurea-ti, 1974), Ruben (1945, tenor, Germaniyadagi Shuman nomidagi tanlov golibi, 1969) ham xonandalardir. Lisitsianning qizlari mashhur «Madrigal» ansambli bilan Toshkentda konsert berishgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые