LIPOPROTEIDLAR, litoproteinlar (roH.lipos — yogʻ va proteidlar) — tarkibida lipidlar boʻlgan murakkab oqsillar guruhi. Oʻsimlik va hayvon organizmidagi barcha biologik membrana, plastinkasimon strukturalar tarkibida (nervlarning miyelin qobigʻida, oʻsimliklarning xloroplastlarida, koʻz toʻr pardasi retseptor hujayralarida) va erkin holda qon plazmasida boʻladi. Lipoproteidlar kimyoviy tuzilishi hamda tarkibidagi lipid va oqsil komponentlari nisbatiga koʻra bir-biridan farqqiladi. Qonda Lipoproteidlar mikdorini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые