LIPARIT (Italiyaning Lipari o. lari nomidan) — kaynotip effuziv togʻ jinsi. Kimyoviy tarkibi granitga oʻxshash. Liparit lava oqimi, vulkan gumbazi, vulkan kuli yigʻindisi va ignimbrit qatlamlari koʻrinishida uchraydi. Liparitning shishaga boy, deyarli toʻla kristallangan, porfir xolli xillari bor. Rangi kulrang, oqish-kulrang, baʼzi bir turlari qizgʻishroq. Liparit qattiq, zichligi 2140—2590 kg/m3. Mineralogik tarkibi — 42% kaliy shpati (sandi-na), 23% — plagioklaz (ortoklaz), 33% — kvars, 2% — biotit. Aksessor mi-nerallardan apatit uchraydi.
Italiya (Lipari va Sardiniya o. lari), AQSH (San-Fransisko, Arizona, Jan. Kolorado, Alyaska), Meksika, Fransiya (Overn), Yangi Zelandiyada tarqalgan. Oʻzbekistonda Qurama, Boysun togʻlarida uchraydi. Yoʻllarni asfaltlash va qurilish materiali sifatida ishlatiladi.