LIOTROP QATORLAR

LIOTROP QATORLAR (yun.luo – eritaman va trope — burilish, oʻzgarish) , Gofmeyster qatorlari — biror erituvchida eritilganida oʻsha eri-tuvchi muhitida oʻtadigan kimyoviy re-aksiyalar tezligi va chuqurligiga, shuningdek, erituvchining xossalariga qarab muayyan tartib bilan joylashtirilgan ionlar qatori. Suvdagi eritmalarda faollashtirilgan koʻmir yoki boshqa ad-sorbentlar bilan adsorbsiyalana olish xususiyatining kuchayib borishiga qarab qator qilib joylashtiriladigan, zaryadi birga teng anorganik anionlar F-, SN3SOO , NSOO , S1 , Br-, NO,-, I-, CNS – va ishqoriy hamda ishqoriy – yer metallarning zaryadi bir va ikkiga teng kationlari Li+, Na+, NH+4, K+, Rb+, Cs+; IT, Ag+, UO2+2, Be2+, Mg2+, Cd2+, Ca2+, Sr2+, Ba2+ ning Liotrop qatorlari tavsifli. Turli kimyoviy-texnologik va biokimyoviy jarayonlarni tushunish va yoʻnalishli boshqarishda Liotrop qatorlar tushunchasi muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x