LION

LION — Fransiyadagi shahar. Rona departamentining maʼmuriy markazi va Lionne tarixiy viloyatining bosh shaxri. Rona va Sena daryolarining quyilish joyidagi port. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xa-lqaro ahamiyatga ega. Axrlisi 453,1 ming kishi (1999).

Lion qadimda gallar manzilgohi sifatida yuzaga kelgan. Mil. av. 43 y. dan rimliklar koloniyasi, 5—6-a. larda Burgundiya qirolligi poytaxti. 6-a. da franklar tomonidan ishgʻol qilingan, 11 —13-a. larda «Muqaddas Rim imperiyasi» tarkibida boʻlgan. 14-a. da Lion Fransiya qiroli mulkiga oʻtgan va Kommuna maqomini olgan. 1942-y. da nemis fashistlari bosib olgan. 1944-y. da ulardan ozod qilingan.

Lion — mamlakatning muxim sanoat, savdo, moliya va madaniy markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari — mashinasozlik va stanoksozlik; elektrotexnika, toʻqimachilik, kimyo (mineral oʻgʻitlar, boʻyoq, sintetik kauchuk, plastmassa i. ch., farmatsevtika) sanoati korxonalari mavjud. Shahar chetida neftni qayta ishlash z-di qurilgan. Ipakchilik va ipak matolar, trikotaj va boʻyoqlar i. ch. ning Yevropadagi qad. markazlaridan (15-a. dan). Un-tlar, muzeylar, jumladan, tarix, arxeologiya, matolar mu-zeylari, qad. rim davri teatri bor.

Metropoliten qurilgan. 15—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari sakdangan. Har yili Yevropa savdo-moliya yarmarkalari oʻtkaziladi (15-a. dan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x