LINT (ing. lint) , momiq — jinlangan (tolasi ajratilgan) chigitda krlgan kalta tola. Oʻrta tolali gʻoʻza chigitida (seleksion navi va paxtasining sanoat naviga koʻra) dastlabki vaznining 11—17% mikdorida, uzun tolali gʻoʻza chigitida esa 2,4—5,0% mikdorida kalta tolalar boʻladi. Paxta tozalash z-dlarida Lint maxsus arrali linter (mo-miq ajratgich) mashinalarda ajratib olinadi va bu jarayon linterlash deb ataladi.
Oʻrta tolali gʻoʻza chigitlari 1 —2-marta linterlanadi va jami ajratilgan tola 3,8—6,3%ga boradi, uzun tolali gʻoʻza chigitlaridan 1-marta Lint ajratib olinadi. 1997-y. dan chigitdan 2-marta Lint ajratish texnologiyasi qabul qilingan (birinchisida 2,7—4,2%, ikkinchisida 1,2—2,3% L. olinadi). Lint shtapel uzunligiga koʻra, A (uz. 6—7 mm va undan ortiq), B (6—7 mm dan kam) tiplarga boʻlinadi. Yetilgan Lintda 90% gacha sellyuloza, shuningdek, pektin, pektozanlar, moy-mumli, azotli moddalar va oqsillar boʻladi. Sellyuloza, sunʼiy tola, plastmassa, plyonka, lok, portlovchi modsalar va b. tayyorlash uchun ishlatiladi. Tabiiy xrlda undan notoʻ-qima mato, momiq, paxta, vatin va b. ishlab chikariladi.