LINOLEN KISLOTA — uch qoʻsh bogʻli bir asosli karbon kislota. SN3(SN2SN=SN)3 (SN2)7 SOON. Mol. m. 278,4. Suyukdanish t-rasi — 11,3°, qaynash t-rasi 184°, zichligi 916 kg/m3 (20° da). Linolen kislota almashtirib boʻlmaydigan yogʻ kislotalariga mansub. Linolen kislota triglitserid holida koʻpgina oʻsimlik moylarida, mas, zigʻir (30% gacha), perilla (55% gacha) va soya moyida boʻladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые