LINKOLN (Lincoln) Avraam (1809.12.2, Kentukki shtati, Xojenvill — 1865.15.4, Vashington) — AQSHning 16-prezidenti (1861—65), qulchilikka qarshi chiqqan Respublikachilar partiyasi tashkilotchilaridan biri (1854). Jan. plantatorlar tomonidan boshlangan fuqarolar urushi (q. AQSHda fuqarolar urushi) davrida (1861—65) Linkoln hukumati bir qator demokratik islohotlar (Gomstedlar haqidagi qonunlar, qulchilikni bekor qilinishi)ni amalga oshirgan, bular janubliklar qoʻshinlarini tor-mor keltirilishini taʼminlagan. Linkoln 2-marta prezidentlikka saylangandan keyin (1864) koʻp oʻtmay janubliklar tarafdori tomonidan oʻldirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые