LINGVISTIK GEOGRAFIYA

LINGVISTIK GEOGRAFIYA, dialektografiya — dialektologiyaning bir boʻlimi, unda lahja va shevalarga xos lisoniy unsurlar va hodisalarning hududiy tarqalishi oʻrganiladi. Lingvistik geografiya maʼlum hududda tar kalgan til xrdisalari (tovushlar, grammatik shakllar, soʻzlar)ni aniqlaydi, hududiy til xususiyatlarini xalq tarixi, til tarixi bilan bogʻliq holda qiyoslab, tushuntirib, maʼlum til qodisalarining oʻrni va tarqalish chegarasini atlas va xaritalar orqali ifodalaydi. Xarita ham, atlas ham Lingvistik geografiyaning ifoda vositasi boʻlib, uning asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlari va yoʻllarini, aniq bir lahjaning paydo boʻlishi va mavjudligining sabablarini, shuningdek, sheva xususiyatlarining adabiy tilga boʻlgan munosabati va oʻzaro munosabati masalalarini tushuntirib berishdir. Lingvistik geografiya 19-a. ning oʻrtalarida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda esa lingvogeografik usulda shevalarni oʻrganish 1940-y. larda boshlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x