DO`STLARGA ULASHING:
Lineks
#Линекс
?Dori shakli : ?
Suspenziya tayyorlash uchun kukun . Probiotik vosita hisoblanadi.
?Tarkibi ?
Sut kislotali bakteriyalar . Bifidumbakteriyalar
?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?
Bolalarda ichak mikroflorasini normallashtiruvchi vosita
?QO’LLANILISHI ?
— Ichak mikroflorasi buzilgan holatlarda qabul qilinadi
— Emizikli bolalarda va kattaroq yoshli bolalarda me’da ichak yo’llaridagi virusli va bakterial infeksiyalarda buyuriladi
— Rotavirus infeksiyalarida qabul qilinadi
— Antibiotiklar bilan davolanish paytida bir vaqtda qabul qilinadi.
— Diareyada , ya’ni ich ketishda buyuriladi
— Meteorizmda , ya’ni qorin dam bo’lganda
— Ovqat hazm qilish buzilganda
davolash va profilaktika maqsadida
?QO’LLASH USULI ?
Lineksni ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Lineks poroshogini ,ya’ni suspenziya tayyorlash uchun kukun holatda bo’ladi. Pachkasida 20 dona massasi 1, 5 gr ko’rinishda bo’ladi. Sutkasiga 1 marta beramiz bolaga.
?Kapsulasini esa ?
Agar bola kapsulani yuta olmasa kapsulani ochib ichidagi kukunni qoshiqqa solish va bola uni yuta oladigan miqdordagi suyuqlikda eritib berish lozim.
Emizikli va 2 yoshgacha bo’lgan bolalar 1 kapsuladan sutkada 2 marta qabul qilishi mumkin.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar 1 — 2 kapsuladan sutkada 3 marta
12 yoshdan oshganlar uchun 2 kapsuladan sutkada 3 mahal berish mumkin
?NOJO’YA TA’SIRI ?
Nojo’ya ta’siri deyarli yo’q.
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
—Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Homiladorlik davrida mumkin emas
?ADMIN MASLAHATI ?
?Preparatni bolalarga tana harorati 38 C dan oshganda berish kerakmas.
?2 kun ichida diareya to’xtashi qiyin bo’lganda , preparat ni qabul qilishni to’xtatish kerak.
?Homiladorlik davrida qabul qilish mumkin emas.