LINDGREN (Lindgren) Astrid Anna Emiliya (1907.14.11, Vimmerbyu) — shved yozuvchisi. Lindgrenning birinchi kitoblari — «Britt-Mari yurakka taskinlik baxsh etadi» (1944) va «Peppi — Uzun Paypoq» (1945—52). Shvetsiya bolalar adabiyotidagi didaktik senti-mental anʼanalarni oʻzgartirdi. Bolalar uchun atalgan «Mio, mening Miom!» (1954), «Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson» (1955), «Tomda yashaydigan Karlson yana uchib keldi» (1962), «Tomda yashaydigan Karlson yana paydo boʻldi» (1968) kabi kitoblari bor. «Mashxur izquvar Kalle Blyumkvist» (1946), «Daydi Rasmus» (1956) kitoblarida bolalar qarovsizligi bilan bogʻliq muammolarni koʻtargan. Lindgrenning «Lyonneberglik Emil» (1963—72), «Qaroqchining qizi Ronya» (1981) kitoblari ham mashxur. Lindgren insonparvarlik ru-qidagi ijodi uchun X. K. Andersen nomidagi Xalqaro oltin medal bilan taqdirlangan (1958). Nobel mukofoti laureati (1994).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые