LIMFOTSITLAR (limfa va yun. kytos — hujayra) — odam va umurtqali hayvonlar oq qon hujayrasi — leykotsitlarning bir turi (agranulotsitlarga kiradi). Ular ayrisimon bez, limfa tugunlari, taloq va koʻmikda ishlanib chiqadi. Limfotsitlar kichik (4,5—6,5 mkm), oʻrta va yirik diametrli (10—18 mkm) xillarga boʻlinadi. Limfotsitlar amyobasimon harakat-lanish, shuningdek, monotsitlar, makrafaglar, fibroblastlar (fagotsitoz qiladigan yirik hujayralar) va b. ga aylanish xususiyatiga ega; u himoya vazifasini bajaradi; antitelolar hosil boʻlishida (plazmatik hujayralarga aylanib) ishtirok etadi, boshqa hujayralarga oziq moddalar yetkazib beradi va h. k. Qonda Limfotsitlar sonining kamayishi limfotsitopeniya, koʻpayishi esa limfotsitoz deyiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые