LIMFADENIT (limfa va yun. aden — bez) — limfa tugunlarining yalligʻlanishi. Limfa tugunlariga yalliglanish paydo qiluvchi mikroblar va ularning zahari tushganda shular asorati, yaʼni ikkilamchi kasallik sifatida roʻy beradi. Kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga va yalliglanish xarakteriga koʻra, Limfadenitning nomaxsus (odatdagi yiringli infeksiya) va sil, zaxm va b. yuqumli kasalliklarda kuzatiladigan maxsus xillari, shuningdek, kechishiga qarab oʻtkir va surunkali Limfadenit farq qilinadi. Koʻproq boʻyin, qoʻltiq va chov sohasi limfa tugunlari yalligʻlanadi. Oʻtkir L . da limfa tugunlari kattalashadi, shishadi, paypaslab koʻrilganda ogʻriydi, bemorning umumiy ahvoli aytarli oʻzgarmasligi mumkin. Kasallik avj olganda bemorning t-rasi koʻtariladi, boshi ogʻriydi, madori quriydi, shishgan limfa tuguni ustidagi teri qizaradi va h. k. Oʻtkir Limfadenit oʻtkazib yuborilgan hollarda surunkali tuye oladi, bunda limfa tugunlari kattalashib, zichlashadi, faoliyati susayadi. Limfadenit ogʻir asoratlarga sabab boʻlishi mumkin, shuning uchun darhol vrachga murojaat qilib, davolash zarur. Spetsifik Limfadenitda unga sab. ab boʻlgan (sil, zaxm va b.) kasallik davolanadi. Shuningdek, antibiotiklar va fizioterapevtik muolajalar buyuriladi, yiringli yalligʻlanish boʻlganda jarroxlik usuli qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые