LIKYOR

LIKYOR (frans. liqueur, lot. liquor — suyuqlik) — kuchli spirtli ichimlik. Tarkibida 20% dan 35% gacha qand, 45% gacha (hajmiga nisbatan) spirt boʻladi. Dastlab, Gollandiyada paydo boʻlgan. Qad. xushboʻy Likyor tayyorlash retseptlarini turli mamlakatlarda monaxlar va ap-tekarlar turli shifobaxsh oʻtlar, ildizlar, oʻsimlik gullari va mevalaridan tayyorlashgan. Uni tayyorlash usullari sir saqlangan. Kuchli desert va kremli Likyorlar bor. L. tayyorlash uchun tarkibida qandi koʻp (24—26%) boʻlgan uzum navlari ishlatiladi, qandi kam boʻlganiga esa konsentrlangan uzum sharbati qoʻshiladi. Likyor mevalarning spirtlangan sharbatidan, xushboʻy oʻtlar, ildizlar, ypygʻlar, barglar, gullar, sitrus mevalarining poʻstloqlari, dukkaklar (kofe, kakao), dorivorlar (dolchin va b.), efir moylarining spirtdagi eritmalari va b. dan ham tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x