LIKIYA — Kichik Osiyoning jan. dagi qadimgi tarixiy oʻlka. Likiylar yashagan. Mil. av. 6-a. dan forslar tasarrufida, keyin Aleksandr saltanati, Ptolemeylar davlati, Rim imperiyasi tarkibiga kirgan (mil. 43 y. Likiya va Pamfiliya viloyatlarining bir qismi boʻlgan).