LIKASI (1966-y. gacha Jadovil) – Kongo Demokratik Respublikasidagi shahar. Shaba provinsiyasida. T. y. stansiyasi. Aeroport bor. Aholisi 300 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Mis-kobalt rudalari qazib olinadigan va rangli metallar ishlab chiqariladigan r-n markazi. Rux konsentratlariga ishlov beriladi. Kimyo sanoati, qurilish materiallari va temir-beton konstruksiyalari i. ch. korxonalari, mineralogiya muzeyi bor. Likasiga 1917-y. da asos solingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые