LIGROIN (ogʻir benzin) — parafin, naften va aromatik uglevodorodlar aralashmasi. Neft yoki neft-gaz kondensatidan 120—240° da distillyatsiya usulida ajratib olinadi. Rangsiz, tiniq yoki sargʻish suyuqlik. Zichligi 785—795 kg/m3. Dizel yonilgʻisi, erituvchi, gidravlik suyuqlik sifatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые