LIGNIN

LIGNIN (lot lignum — daraxt, yogʻoch) — tabiiy murakkab polimer modda. Mol. m. 1000 dan 150000 gacha, zichligi 1250— 1450 kg/m3. Tomirli oʻsimliklarning hujayralarida boʻladi. Lignin hujayra qobiqlarida toʻplanib hujayrani yogʻochlantiradi va uni mustahkam qiladi. Keng bargli daraxtlar tarkibida 20 — 30%, igna bargli daraxtlar tarkibida 50% gacha Lignin bor. L. molekulasi aromatik spirtlarning polimerlanishida hosil boʻlgan moddalardan iborat. Lignin sariqjigarrang amorf modda, suv va organik erituvchilarda erimaydi. Lignin quyidagicha hosil boʻladi: shikim kislota – fenilalanin – dolchin kislota – ferul kislota – koniferil spirt – L. L. sellyuloza va gidroliz sanoatida chiqindi mahsulot hisoblanadi. Yoqilgʻi, donador faol koʻmir, gʻovak gʻisht, oʻgʻit, toʻldiruvchilar, mas, plastmassa i. ch. da xom ashyo sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x