LIDITSE

LIDITSE (Lidice) — Kladno sh. (Chexiya)ning jan.-sharqida joylashgan shaxtyorlarning tarixiy shaharchasi. 2-jahon urushi davrida nemis fashist bosqinchilari Liditse aholisini Chexoslovakiya protektori (homiysi) R. Geydrixga suiqasd uyushtirgan chexoslovak vatanparvarlarini yashirganlikda ayblab, 1942-y. 10-iyunda Liditsega oʻt qoʻyib, uni yer b-n yakson qilganlar. 15 yoshdan oshgan barcha erkaklar otilgan, bolalar va ayollar konslagerlarga joʻnatilgan. Liditse nomi Chexoslovakiyaning aholi punktlari roʻyxatidan oʻchirib tashlangan. Chexoslovakiya bosqinchilardan ozod etilgach (1945), L. oʻrnida muzey tashkil etilgan, unga yaqin joyda yangi Liditse shaharchasi qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x