LIBERALIZM

LIBERALIZM — 17-18-a. larda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan va fuqaroviy, siyosiy, iqtisodiy erkinliklarga oid asosiy qoidalarni eʼlon qilgan gʻoyaviy va ijtimoiy-siyosiy oqim. L. J. Lokk, A. Smit, Sh. Monteskye va b. ning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm gʻoyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi (1787) hamda Inson va fuqaro hukuqlari deklaratsiyasipya (1789) mujassam boʻlgan. 19-a. va 20-a. boshlarida Liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquklari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hoz. Liberalizm gʻoyalariga koʻra, erkin bozor mexanizmi samarali iqti-sodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chogʻda bozor va raqo-batchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. 20-a. oxirida Liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiya gʻoyalari bir-biriga yaqinlashdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x