LEZGIN TILI — lezginlar tili. Kavkaz tillari oilasiga mansub. Jan. Dogʻiston va Shim. Ozarbayjon hududida tarqalgan. Bu tilda 347,6 ming kishi soʻzlashadi (1980). Lezgin tili gyuney, kurax, yarkin, axtin, kuzparin, kubin, fiy kabi shevalarga boʻlinadi. Fonematik tizimida 5 unli va taxm. 60 undosh fonema bor. Urgʻusi kuchli, koʻpincha soʻzning ikkinchi boʻgʻiniga tushadi. Otlar 18 kelishik, shu jumladan, 14 mahalliy kelishik boʻyicha turlanadi. Olmoshlarning barcha turlari mavjud. Feʼl shaxs va son boʻyicha tuslanmaydi. Feʼl zamoni va mayli murakkab shaklga ega. Yozuvi rus grafikasi asosida.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые