LEYPSIG — Germaniyadagi shahar, Saksoniya yerida. Playse daryosining Vayse-Elster daryosiga quyilish yerida joylashgan. Mamlakatning muhim sanoat, savdo, ilmiy va madaniy markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 490 ming kishi (1999). Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 1015-y. da tilga olingan. Leypsig oʻrnida qadimda slavyanlarningLipsk qishlogʻi boʻlgan. 12-a. dan shahar huquqini olgan. Oʻrta asrlarda Saksoniyaning eng yirik shaharlaridan biri edi. Shahar atrofida koʻp tarixiy janglar boʻlib oʻtgan. 2-jahon urushi davrida shahar katta talofot koʻrgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik. Metallurgiya va kon uskunalari, yuk ortish va transport vositalari z-di, q. x. va toʻqimachilik mashinasozligi, stanoksozlik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Plastmassa, rezina buyumlar, lok-boʻyoq ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi. Leypsig poligrafiya va moʻyna sanoati bilan ham mashhur. Qadimdan nashriyotchilik ishlarining yirik markazi. Har yili xalqaro savdo yarmarkalari, qisqa metrajli va hujjatli filmlar kinofestivallari, moʻyna auksionlari oʻtkaziladi. Un-t (1409), musiqa, teatr, adabiyot, kitob grafikasi va sanʼati, jismoniy tarbiya, ped. va b. oliy oʻquv yurtlari, kutubxonalar, tasviriy sanʼat, shahar tarixi, etnografiya, badiiy hunarmandchilik, kitob va shrift muzeylari, opera va drama teatrlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan cherkovlar (13—16-a. lar), eski ratusha (16-a.), un-t binosi, opera teatri binosi, Yarmarkalar uyi, «Shtadt Leypsig» mehmonxonasi va b. mavjud.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии