LEVKOPIS

LEVKOPIS (Leucopis bona Rohd.) — Chamaemyidae-Ochthipilidae oilasiga mansub foydali pashsha-entomofag. Kumushdek oqish, tanasining uz. 2—5 mm. Boshida koʻzlarini ajratib turuvchi keng peshonasi bor. Boshining tepa qismida qilchalari yoʻq. Yilda 5—6 avlod beradi. Har avlodning rivojlanishi ob-havo sharoitiga qarab 20—30 kun davom etadi. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Katta yoshdagi qurtlari past haroratga ancha chidamli boʻlsada, bahorda koʻpi oʻlib ketadi. Mart oʻrtalarida gʻumbakka aylanadi. Pashshalari esa mart oxiri — apr. boshlarida uchib chiqadi. Qurtlari oʻsimlik bitlari va cherveslarning yirtqichi (qishlayotgan komstok qurti)ning 80—90% ini yoʻq qiladi, bahorda esa unli cherves tuxumlari bilan oziqlanadi (q. Foydali hasharotlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x