LEVINA HOFIZ

LEVINA HOFIZ, Boboxonov Levi (1873, Buxoro — 1926, Samarqand) — atoqli hofiz. Millati Buxoro yahudiylaridan. Hofizlik sanʼatini buxorolik Borux va Yuno Ismoilovlar, chorjoʻylik Hojixon Hofiz, keyinchalik Ota Jalol Nosirov kabi ustoz sanʼatkorlardan oʻrgangan. Maqom yoʻllarini tanbur va doira joʻrnavozligida oʻziga xos uslubda mayorat bilan ijro etgan. Diapazoni keng, tiniq va yoqimli ovozi b-n shinavandalarni maftun qilgan. Levina hofiz 1890-y. lardan boshlab Buxoro amiri saroyida xizmat qilgan. 1909 — 11 y. larda Riganing mashxur «Pishuщiy Amur» grammofon firmasi uning ijrosidagi Talqini Sabo, Nasri Ushshoq, Navroʻzi Sabo, Ushshoqi Qoʻqand, Ufari Moʻgʻulchai Segoh va b. asarlarni gramplastinkaga yozib olgan. 1921—23 y. larda Levina hofiz Buxoro Sharq musiqa maktabida dars bergan. 1923-y. da Samarqandga koʻchib kelib, badiiy havaskorlik toʻgaraklariga rahbarlik qilgan. Shogirdlaridan Sh. Sohibov, B. Zirkiyev, M. Tolmasov va b. tanilgan. Levina hofizning ijro anʼanalarining davomchisi oʻgʻli Mushe Boboxonov (1910 — Buxoro —1983) — maqomchi-xonanda va sozanda (tanbur, doira). Oʻzbekiston xalq hofizi (1934). Buxoro musiqa bilim yurtida dars bergan (1931-y. dan). Nevarasi Ari Boboxonov (1934, Buxoro) — sozanda (rubob, tanbur).

Ad.: Xaimov Ye ., Levina Hofiz. Hayoti va ijodi haqida, T., 1975.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x