(1828–1910)
A. N. Tolstoy kelib chiqishi yuqori tabaqalar aslzodalardan edi. Agar kelib chiqishiga chuqurroq ahamiyat berilsa, Tolstoy Pushkin va knyaz Trubetskoylar bilan qarindoshligi bor. U 1828 yilda Tula guberniyasining Yasnaya Polyana qishlogʻida tugʻilgan. 2 yoshida onasi, 9 yoshida otasi qazo qiladi. U avval katta ammasining, keyinchalik, Qozon shahrida yashovchi kichik ammasinikida tarbiyalanadi. 16 yoshida Qozon universitetining falsafa fakulteti turk-arab tillari boʻlimiga oʻqishga kiradi, lekin oʻquv yilining oxirida uni darslarga kam qatnashganligi uchun imtihonlarga kiritishmaydi. Tolstoy shu universitetning huquq fakultetiga oʻqishini koʻchiradi, baribir oradan ikki yil oʻtgach oʻqishni tashlab ketadi.
1850 yildan to oʻlimigacha kundalik tutadi.
1847 yilda ota-onasidan qolgan mulkni ukasi bilan boʻlishib olishadi. 1200 desyatin yer bilan 330 dehqon va Yasnaya Polyana qishlogʻi L. Tolstoyga tegadi. 1852 yilda harbiy xizmatga yollanadi va shu yilning iyul oyida uning “Bolalik” povesti “Sovremennik” jurnalida bosilib chiqadi. 1854–55 yillarda Tolstoy Sevastopol himoyasida jang qiladi. Qrim urushida Rossiyaning yengilishi, Sevastopolni turklar bosib olganidan keyin u zahiraga boʻshaydi.
1855 yilda u Nekrasov, Turgenev, Chernishevskiy, Goncharovlar kabi yozuvchi, shoirlar bilan tanishadi. Ular bilan tanishgandan soʻng, avvalida Tolstoy liberallarning fikrini maʼqullab turdi, lekin tez orada oʻzining pozitsiyasini mustahkamlab oldi. Uning fikricha, Rossiyani yanada rivojlantirish uchun xalqni maʼnaviy qayta tarbiyalash kerak. Har qanday shaxs oʻzi ustida ishlashi zarur edi. 1862 yilda L. N. Tolstoy oʻzidan 16 yosh kichik boʻlgan Sonya Andreevna Berisga uylanadi. 1863 yildan boshlab, “Urush va Tinchlik” romani ustida ishlashni boshlaydi. 1869 yili Tolstoy oʻzining mazkur roman-epopeyasini yozib tugatadi.
70-80 yillar oʻrtasida u ancha adabiyotdan biroz yiroqlashib ketadi. 80-90 yillar boshida u adabiyotga, ijodga qaytadi va oʻzining “Ivan Ilichning oʻlimi”, “Kreyser sonatasi”, “Tirilish” kabi asarlarini yaratdi.
1910 yilning 28 oktyabrida uyidan ketadi. Yoʻlda u pnevmoniya bilan kasallanib qoladi va Astaxova temiryoʻl stansiyasida olamdan oʻtadi.
Akram UZOQOV
“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.
https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/lev-nikolayevich-tolstoy-2/