LEUSHIN Nikolay Petrovich

LEUSHIN Nikolay Petrovich (1907.16.5, Samara viloyati — 1986.7.4, Toshkent) — grafik rassom, plakat va karikatura ustasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Ijodini 1925-y. Vladivostokda boshlagan. 1953-y. dan Oʻzbekistonda «Mushtum» jur. da rassom (1953—58), bosh rassom (1958—66), Oʻzbekiston matbuot davlat qoʻmitasi bosh rassomi (1966—70). Leushin asarlari kompozitsiyasi aniq va loʻnda, tasviriy shakl sodda va yaxlit boʻlib, ijtimoiy, axloqiy, xoʻjalik va hayotdagi boshqa nuqsonlarni fosh etishga, tinchlik va xalqlar doʻstligi dushmanlari siyosatini qoralashga qaratilgan. Asarlari «Mushtum» jur. («40 zarba», 1963) va b. vaqtli matbuotda, «Jangovar qalam» agitplakatida bosilgan. Kitoblarni badiiy bezagan (Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni), Muqimiy sheʼrlariga rasmlar (1968, Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida) ishlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x