LEPVDOKROKIT

LEPVDOKROKIT (yun. lepidos — tangacha va kroke — ip, tola) , yoqut slyudkasi—gidroksidlar sinfiga oid mineral [FeO(OH)]. Tarkibida Fe2O3 89,86% va N,0 10,14%, MnO, AI2O3, SiO2, CaO, MgO aralashmalari, baʼzida N2O ning ortiqchasi mavjud. Rombik singoniyali, strukturasi qatlamli. Tangachasimon, plastinkasimon, tolasimon, bogʻlamsimon va radial-tolasimon agregatlar xos. Zonal agregatlar hosil qilib ularda gyotit va gidrogyotit b-n galma-gal almashib turadi. Rangi yoqutsimon qizildan jigarranggacha. Olmossimon yaltiroq. Oʻzaro mukammal, bir yoʻnalishda bogʻlangan. Qattikligi 4—5; zichligi 3480—4100 kg/m3. Moʻrt. Qoʻngʻir temir rudasi, boksit, tuproq tarkibida uchraydi. Gidro-termal choʻkindi konlarning (Uraldagi Bakalskoye) temir rudalar tarkibida borligi maʼlum. Limonit kabi boyitiladi. Sunʼiy ravishda temirning chala oksidlangan birikmalaridan olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x