LEONTYEV Vasiliy Vasilyevich (1906.5.8, Sankt-Peterburg — 1999.7.2, Nyu-York) — amerikalik rus iqtisodchisi. Leningrad un-tini tugatgan (1925). 1925-1928-y. larda Berlin un-tida oʻqib, 1928-y. da d-rlik ilmiy darajasini oldi. 1931-y. da AQSHga koʻchib ketgan. Garvard un-ti (1932—75), NyuYork un-ti (1975-y. dan) prof. Leontyev «xarajatlar — mahsulot chiqarish» iqtisodiy tahlil usulini yaratdi. Bu usul AQSH iqtisodiyotining tarmoqlararo balansini tuzishda qoʻllanilgan. Uning tadqiqotlarida iqtisodiy tizim ichidagi oʻzaro bogʻlanishlarni oʻrganish asosiy yoʻnalishni tashkil etadi. «Amerika iqtisodiyoti tuzilmasini oʻrganish» (1953), «Xarajatlar — mahsulot chiqarish» modelining iktisodiy tahlili» (1966) asarlarida F. Kene va b. ning modellarini kengaytirgan holda iqtisodiy tizimning turli qismlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni koʻrsatadigan matematik modellar yaratdi. Leontyev oʻz modelini AQSH iqtisodiyotini tahlil etishda qoʻllab, xalqaro savdo va tabiiy resurslar iqtisodiyoti sohasida muhim natijalarga erishdi. Leontyev usuli mamlakat iqtisodiyotini prognozlash va rejalashtirishda, hukumatlar uchun oʻzlari yuritayotgan investitsiya, soliq, tashqi savdo siyosati, harbiy xarajatlar va b. ning xalq xoʻjaligiga taʼsirini baholashda muhim dastak boʻlib xizmat qiladi. Leontyev iqtisodiyotda matematik metodlar va modellarni qoʻllash, xalqaro savdo, K. Marks va J. Keyns nazariyalari tahlili, indekslarni tuzish, talab va taklif mexanizmi, iqtisodiy sikllar va b. muammolar ustida ham tadqiqotlar olib borgan. Nobel mukofoti laureata (1973). As: Issledovaniye amerikanskoy ekonomiki, M., 1958; Buduщyee mirovoy ekonomiki, M., 1979; Ekonomicheskiye esse. Teorii, issledovaniya, faktы, politika, M., 1990.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые