LEONARDO PIZANO (Leonardo Pisano) , Fibonachchi (Fibonacci) (1170— 1240) — italyan matematigi. Sharqqa sayohat qilib, arab mat. yutuqlari bilan tanishib, ularning Gʻarbda tarqalishiga katta hissa qoʻshgan. U arifmetika (hind raqamlari, Fibonachchi sonlari) va algebra (kvadrat tenglamalar ham kiritilgan) haqida risola (1202) va «Amaliy geometriya» nomli asar (1220) yozgan. Leonardo Pizanoning bu asari algebraning geometriyaga tatbiqi haqida maʼlumot beruvchi birinchi asardir.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые