LEKSEMA (yun. lexis — soʻz, ifoda) — til qurilishining leksik maʼno anglatuvchi lugʻaviy birligi. Leksema bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday Leksema oʻzining fonelshlari ifodalagan maʼnosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik soʻz va iboralarda mavjud. Ularga nisbatan glossema, lugʻaviy morfema atamalari ham ishlatiladi. Mas, uy Leksema sining leksik maʼnosi. — «kishi yashaydigan bino», yugurmoq Leksema sining leksik maʼnosi — «bir joydan ikkinchi bir joyga shiddat bilan harakatlanmoq» va b. Shunga koʻra, ular lugaviy (semantik) maʼno jihatdangina emas, balki fonetik va grammatik jihatdan ham oʻrganiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые