LEGIRLANGAN POʻLAT

LEGIRLANGAN POʻLAT — tarkibiga maʼlum xossa beradigan legirlovchi elementlar (xrom, nikel, molibden, volfram, vanadiy, marganes, kremniy, titan, bor) sunʼiy ravishda qoʻshilgan poʻlat. L, p. tarkibidagi legirlovchi elementlarga qarab nomlanadi. Mikrolegirlangan (elementlar mikrodozada kiritilgan), kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (3,5 —10%), yuqori (10% dan yuqori) legirlangan xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, Legirlangan poʻlat konstruksion (q. Konstruksiyey materiallar), asbobsozlik (q. Asbobsozlik poʻlati) va alohida kimyoviy-fizik xossaga ega boʻlgan poʻlatlarga (mas, issiqbardosh poʻlat, olovbardosh poʻlat, magnitli poʻlat va b.) boʻlinadi. Legirlangan poʻlatdan mashina, mexanizm va qurilmalarning detallari, asboblar va b. tayyorlanadi (yana q. Legirlash).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x